Jumladan, 2019 yil shahar fan olimpiadasida informatika fanidan Hasanova Mohichehra II o‘rinni egalladi.
Informatika -2019 yil
2019 yil viloyat fan olimpiadasida ona tili va adabiyot fanidan Po‘latova Marjona I o‘rinni egalladi.
2019 yil viloyat fan olimpiadasida ingliz tili fanidan Xolmirzaeva Nurijahon II o‘rinni egalladi.
2019 yil fan olimpiadasining viloyat bosqichida matematika fani bo‘yicha Davronov Quvonchbek II o‘rinni egalladi.
2019 yil fan olimpiadasining viloyat bosqichida fizika fani bo‘yicha Narzullaev Xayrullo III o‘rinni egallagan.
2020 yil shahar fan olimpiadasida matematika fanidan Rajabov Sherzod II o‘rinni egalladi.
2020 yil shahar fan olimpiadasida fizika fanidan Raxmatov Abdullo III o‘rinni egalladi.
2020 yil shahar fan olimpiadasida ona tili va adabiyot fanidan Bahodirova Shirin II o‘rinni egalladi.
2021 yil fan olimpiadasining viloyat bosqichida matematika fani bo‘yicha Isoqulov Behzod II o‘rinni egalladi.
2021 yil fan olimpiadasining viloyat bosqichida fizika fani bo‘yicha Mahmudov Bobomurod I o‘rinni egallagan.
2018 yil o‘tkazilgan fan olimpiadasining viloyat bosqichida Sanaqulov Akobir fizika fanidan III o‘rinni egalladi.
Ushbu ko‘rsatkichlarga erishishda F.Xoliqulovning munosib hissasi bor.
F.Xoliqulovning hammualliflikda «Algebra, 1-qism» nomli akademik litsey va kasb-xunar kollejlari uchun muljallangan o‘quv-uslubiy qo‘llanma, «Sonli ketma-ketliklar va progressiyalar», «Paramerga bog‘liq tenglama va tengsizliklar» kabi 10 dan ortiq uslubiy ko‘rsatmalar va Respublika va xorijiy jurnal va konferensiya materiallar to‘plamlarida 20 dan ortiq ilmiy-uslubiy maqola va tezislari chop etilgan.
F.Xoliqulov iqtidorli o‘quvchilarni akademik litseyga jalb qilish maqsadida litsey jamoasi bilan qishloq tumanlariga borib 9-sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalari hamda o‘qituvchilari bilan reja asosida har hafta yakshanba kunlari uchrashuvlar, suhbatlar o‘tkazishni tashkil qilib ijobiy natijalarga erishgan.
F.Xoliqulovning sa’y-xarakati bilan akademik litseyga umumta’lim maktablari o‘quvchilarini jalb qilish maqsadida shahar va tumanlardagi maktablarda ochiq darslar, turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, 2018-2021 yillar davomida 13 tumanlarda 24 marta uchrashuvlar o‘tkazilib, 1200 nafar umumta’lim maktabi o‘quvchilarni qamrab olishga erishilgan.
Shuningdek, har o‘quv yili so‘nggida akademik litseyning ta’lim yo‘nalishlari, erishilgan yutuq va natijalar, mavjud shart-sharoitlar to‘g‘risida axborotnomalar tayyorlanib, umumta’lim maktablariga yetkazilgan.
F.Xoliqulov o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari sifatida barkamol avlodni tarbiyalash borasida ibratli ishlarni olib bormoqda, o‘quv va ma’naviy - ma’rifiy ishlarini bugungi kun talabi darajasiga ko‘tarishga harakat qilib kelmoqda. Litsey o‘quvchilarini darslardan tashqari bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazishlari uchun fan, ijodiy, badiiy va sport to‘garaklarini faoliyat ko‘rsatishlarini yaxshi yo‘lga qo‘yilishini doimo nazoratga olib, o‘quvchilar o‘rtasida bir qator tadbirlar, musobaqalar o‘tkazib kelmoqda.
2016-2017 yillarda akademik litsey o‘quvchilarining 1 nafari jahon chempionati musobaqasida (sportning qo‘l jangi – Bozorov Elyor, 2016 yil) faxrli 3-o‘rinni egallagan.
Viloyat miqyosidagi akademik litsey o‘quvchisi Nomozov Parviz 2016 yil “Mening biznes g‘oyam” ko‘rik tanlovida faxrli 1-o‘rinni egallagan.
F.Xoliqulov bir necha marta akademik litsey direktori va institutning “Faxriy yorliq” va “Tashakkurnoma” lari bilan taqdirlangan.