SamDAQI akademik litseyida o‘quvchi – yoshlar va o‘qituvchilar o‘rtasida «Giyohvandlik moddalarini tarqalishiga qarshi kurash mavzusi»da o‘tkazilgan yig‘ilish
Yig‘ilishni MMIBDO‘ M.Abduhakimova ochib berdi va Samarqand viloyat hokimining 2020 yil 22 apreldagi “Narkotik moddalarni nazorat qilish bo‘yicha viloyat mintaqaviy komissiyasining 2020 yilga mo‘ljallangan ish rejasi” ning 5 – bandi hamda akademik litseyda tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar ro‘yxatini shakllantirish ya’ni “xavf guruhi” ga kiruvchi voyaga yetmagan qanday o‘quvchilar ro‘yxatga olinishi hamda ular bilan olib boriladigan ishlar haqida gapirib o‘tdi. So‘z psixolog V.Ergashev va shifokor Sh.Murodovalarga berildi. Ular o‘z so‘zida, o‘quvchilar orasida giyohvandlikning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar kurish kerakligini, giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida, uning kelajakdagi yoshlarga ta’siri haqida gapirib, o‘quvchilar orasida giyohvandlik moddalarining tarqalishini, yoshlarni giyohvandlik moddalarga ruju qo‘yishlarini oldini olish borasida so‘nggi vaqtlarda ko‘rilgan chora tadbirlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Giyohvandlikning salbiy oqibatlarini ko‘rgazmali qurollar va video tasmaga tushurilgan lavhalarni namoyish qilish bilan tadbir ishtirokchilariga yetkazdi. Shuningdek, giyohvandlikka qarshi kurash nafaqat Ichki ishlar idoralarining vazifasi ekanligini balki bizlar shu yurtning farzandlari ekanligimiz, davlatimizning kelajakdagi taraqqiyoti, uning ravnaqi, kelajakdagi yoshlarimizning komil inson bo‘lib yetishi uchun eng salbiy illatlardan biri bo‘lgan vazifamiz ekanligi ta’kidlaydi.
Litsey direktori o‘rinbosari M.Abduhakimova respublikamiz aholisini katta qismini yoshlar tashkil qilishini aytib, yoshlarni o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida litseyda tashkil etilgan xar xil to‘garaklarga jalb qilish to‘g‘risida alohida dastur ishlab chiqarilganligini ma’lum qildi. Bundan tashqari giyohvandlik asr vabosi ekanligi alohida to‘xtalib ushbu salbiy illatni oldini olish borasida litsey o‘qituvchilari, ota-onalar va mahalla faollari o‘rtasidagi hamkorlikni jonlantirishni ta’kidladi.