AKADEMIK LITSEYNING USTAVI
KIRISH
Mazkur Ustav O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 sentabrdagi “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3290-son hamda 2017 yil 14 martdagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2829-son qarorlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 martdagi 01-07/-503-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2829-son qarori ijrosining Nazorat rejasining 4-bandini ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 yanvardagi 5-son qaroriga muvofiq tuzilgan.
Akademik litseyning Ustavi quyidagi tuzilishga ega:
Akademik litseyning Ustavi 10 ta bo‘lim va 64 ta banddan iborat.
I. Umumiy qoidalar
1. Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti akademik litseyi Davlat ta’lim standartlariga mos ravishda o‘rta-maxsus ma’lumot beruvchi, o‘quvchilarning qiziqishi va imkoniyatlaridan kelib chiqib, chuqurlashtirilgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitish, oliy ta’limga maqsadli yo‘naltirish, jadal intellektual rivojlanish bilan ta’minlovchi, shuningdek, maxsus chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan alohida mutaxassislik beruvchi davlat ta’lim muassasasidir.
2. Akademik litsey o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat Arxitektura va Qurilish qo‘mitasining hay’at qarorlari va bo‘yruqlari, oliy ta’lim muassasasi kengashi qarorlari va rektor buyruqlari, ta’lim tizimiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar, shuningdek, ushbu Ustavga asosan amalga oshiradi.
3. Akademik litsey mustaqil yuridik shaxs hisoblanib, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan, o‘z balansiga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachiligida ochilgan hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga hamda o‘z faoliyati uchun zarur boshqa belgilar va rekvizitlarga ega bo‘ladi.
4. Akademik litsey berilgan moddiy texnik bazasini saqlab qolish, mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini amalga oshiradi, shuningdek, ajratilgan mablag‘lardan ratsional va samarali foydalanishni nazorat qiladi.
5. Akademik litseyning nomi:
davlat tilida – Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti akademik litseyi.
Qisqartirilgan nomi – SamDAQI akademik litseyi.
rus tilida – Akademicheskiy litsey Samarkandskogo gosudarstvennogo arxitekturno-stroitelnogo instituta imeni Mirzo Ulugbeka.
Qisqartirilgan nomi – Akademicheskiy litsey SamGASI.
ingliz tilida – Akademic lyseum of Samarkand State architecture and civil engineering institute named after Mirzo Ulugbek.
Qisqartirilgan nomi - Akademic lyseum SamSASEI.
6. Akademik litseyning to‘liq manzili: Samarqand shahar Jalol Jo‘raev ko‘chasi, 65 uy.
II. Akademik litseyning maqsad va vazifalari
7. Akademik litseyning maqsadi – o‘quvchilarni har tomonlama rivojlangan, madaniyatli shaxs sifatida shakllantirish, shuningdek, jamiyatda o‘zlarining mustaqil o‘rnini topish, ta’lim va kasblar bo‘yicha dasturlarni tanlash, ularni o‘zlashtirish uchun asos yaratish, fundamental ilmiy – nazariy asoslar nuqtai nazaridan puxta bilimga ega bo‘lishlari uchun shart – sharoit yaratish shuningdek, shaxsning jismoniy va ma’naviy rivojlanishi uchun keng imkoniyatlarini ta’minlash, o‘quv jarayonining sifat va samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning bilim darajasini oshirishda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv, ilmiy salohiyatidan yanada kengroq foydalanishni tashkil etish, oliy ta’lim muassasalarining o‘quv, ilmiy salohiyatidan, moddiy-texnik bazasi, ta’lim va axborot resurslaridan foydalanish, iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularni maqsadli ta’limga yo‘naltirish va pirovard natijada akademik litsey bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga maqsadli o‘qishga kirishini ta’minlash.
8. Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti akademik litseyining vazifalari:
- oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirish imkoniyatini ta’minlaydigan ta’lim dasturlarini ishlab chiqilishi va bajarilishini ta’minlash;
-umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining eng iste’dodli va iqtidorli o‘quvchilarini tanlab olish;
-o‘quvchilarning tanlagan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim olishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berish;
9. Akademik litseyning majburiyatlari:
-davlat ta’lim standartlariga muvofiq soha yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quvchilarning intensiv intellektual rivojlanishini va puxta tabaqalashtirilgan o‘qitishni ta’minlaydi;
-ta’lim sifatini yaxshilash, o‘quv-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish, rivojlantirish ishlarini amalga oshiradi;
-o‘quv-tarbiya jarayonida sog‘lom muhitni amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish, sog‘lom turmush tarzi me’yorlarini amalga tatbiq etadi;
10. Akademik litseyning huquqlari:
-turli moliyaviy manbalardan foydalanib, akademik litseyning xususiy (maxsus) fondini shakllantiradi;
III. Ta’lim oluvchilar
o‘quvchilar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi mumkin.
IV. O‘quv-tarbiyaviy, o‘quv va ilmiy-metodik ishlar
Akademik litseyda o‘qitishning kunduzgi shakliga amal qilinadi. O‘qish muddati 2 yil.
Akademik litseylarda barcha o‘quv mashg‘ulotlari uchun ikki akademik o‘quv soat davomiyligi 80 daqiqa etib belgilanadi.
Akademik litseyni o‘z tasarrufiga olgan Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti reja asosida akademik litseyning o‘quv-tarbiyaviy, o‘quv-metodik va ilmiy-metodik ishlarini tahlil etadi, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatadi.
Maxsus chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan alohida mutaxassislik bo‘yicha davlat namunasidagi diplom o‘rnatilgan tartibda bitiruvchilarga topshiriladi.
V. Akademik litseyning tuzilishi
Akademik litseyda tashkil etilgan kafedralar ular faoliyati to‘g‘risidagi Nizom bilan tartibga solinadi.
Akademik litsey ma’muriyati akademik litseydagi o‘quv-tarbiya va ilmiy metodik ishlar samaradorligi bo‘yicha Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining ilmiy kengashida hisobot beradi.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti ilmiy kengashi yig‘ilishlarida akademik litsey direktori ishtirok etadi.
VI. Pedagog xodimlar, o‘quv-tarbiyaviy xodimlar
VII. Akademik litseyga rahbarlik qilish
-ta’lim mazmunining turli shakllari, (o‘quv rejasi, dasturi, qo‘llanmalar) o‘quv- tarbiya jarayonining uslublari va ularni amalga oshirish yo‘llarini ishlab chiqadi, o‘quvchilarni qabul qilish, kursdan-kursga ko‘chirish, o‘qishdan chetlashtirish masalalarni muhokama qiladi hamda amalga oshiradi;
-maslahat kengashi, fan kafedralari hisobotlarini eshitadi va muhokama qiladi;
Pedagogik kengash o‘z faoliyatini belgilangan tartibda tasdiqlangan Nizom asosida olib boradi.
Akademik litsey direktori pedagogik kengash raisi hisoblanadi. Akademik litsey direktori o‘quv muassasasi nomidan mazkur ustav asosida ish ko‘radi; boshqa tashkilotlar bilan bog‘laydi, uning moddiy bazasini mustahkamlaydi, shartnomalar tuzadi, ishonchnomalar beradi, banklarda hisob raqamlari ochadi, o‘quv muassasasi doirasida barcha pedagog xodimlar, ishchilar va o‘quvchilar uchun majburiy bo‘lgan buyruq, farmoyish hamda ko‘rsatmalar beradi.