Umumiy ma'lumot

2772

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti akademik litseyi O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazining 2004-yil 27-sentabrdagi №197-sonli buyrug‘i asosida tashkil etilgan.

Akademik litseyning quvvati 600 o‘rinli, umumiy maydoni 26880 kv.m, ekin ekiladigan maydoni  13753 kv.m dan iborat bo‘lib, o‘quv binosida 37 ta o‘quv xonalari: jumladan 2 ta kimyo, 2 ta fizika, 1 ta biologiya laboratoriyasi, 2 ta kompyuter, 2 ta ingliz tili xonalari, 150 o‘ringa mo‘ljallangan anjumanlar zali, 50 o‘rinli sport zal, 100 o‘rinli yotoqxona, 7000 dan ortiq kitob zaxirasiga ega bo‘lgan ARM mavjud.Akademik litseyda 465 nafar o‘quvchilar tahsil oladi.

Akademik litseyda jami faoliyat yuritadigan pedagogik xodimlar soni 58 nafar, shundan asosiy shtatda 36 nafar, ichki o‘rindosh 7 nafar, tashqi o‘rindosh 15 nafar.O‘qituvchilar salohiyati (asosiy shtatdagi o‘qituvchilarga nisbatan) 3 nafar fan nomzodi 3 nafar bosh o‘qituvchi, 12 nafar yetakchi o‘qituvchi, 20 nafar katta o‘qituvchi, 22 nafar oliy ma’lumotli va 1 nafar o‘rta-maxsus ma’lumotli tashkil etadi

       Akademik litseyda faoliyat yuritayotgan barcha ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejasidagi barcha fanlar pedagog kadrlar bilan ta’minlangan. (Bir yillik o‘quv yuklmasi 36182 soatni tashkil etmoqda. Bir stavka dars soati 820 soatni tashkil etishini e’tiborga olsak, akademik litseyda  36182:820=44.1  shtat birligi mavjud).

Akademik litseyda 1 nafar ilmiy darajaga (jami o‘qituvchilar soniga nisbatan 1,7 %, asosiy shtatdagi o‘qituvchilar soniga nisbatan 2,8 % ni), 35 nafari bosh, yetakchi, katta o‘qituvchi lavozimida (jami o‘qituvchilar soniga nisbatan 60,3 %, asosiy shtatdagi o‘qituvchilar soniga nisbatan 97,2% ni) toifaga ega bo‘lgan jami 58 nafar, asosiy shtatda 43 nafarrahbar va pedagoglar faoliyat yuritadi.

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti akademik litseyini 2018 yilda bitirgan  132 nafar o‘quvchilardan 68 nafari  51,5% oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirgan. 2019 yilda bitirgan 306 nafar o‘quvchilardan 192 nafari 62,7 % oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirgan. 2019-2020 o‘quv yilida bitirgan 154 nafar o‘quvchilaridan 103 nafari 66,8 %  oliy o‘quv yurtlari talabalik safiga qabul qilingan.