✔️Tadbirni litseyning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari Muqaddas Abduxakimova kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng SamDAQUning Talaba klublari bo‘limi boshlig‘i Charos Xushmurodova hamda “Mushoira” klubi koordinatori Beknazar Abdukarimovlar kitob mutolaasining ahamiyati va she’riyatning sehrli kuchi haqida so‘z yuritdilar.
✔️Tadbir davomida ustozlar va talabalar tomonidan Vatanni madh etuvchi hamda hazil she’rlar aytilib, barchaga xushkayfiyat ulashildi.
Tadbirning asosiy qismida litsey o‘qituvchisi Qobiljon Sarmonov tomonidan Nurali Qobulning “Sukut suiqasdi: Stalindan Saddamgacha” asari taqdimoti o‘tkazildi. Asardagi eng sara jumlalar izohi bilan taqdim etildi.