Kitob — bilim va ma’rifatga eltuvchi eng ishonchli yo‘l. "Yoshlar kuni" munosabati bilan SamDAQU akademik litseyida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini

Kitob — bilim va ma’rifatga eltuvchi eng ishonchli yo‘l. Payshanba — "Yoshlar kuni"  munosabati bilan SamDAQU akademik litseyida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish va mutolaaga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Kitobxon–2026” tanlovi o‘tkazildi. Tanlov davomida ishtirokchilar o‘zlari mutolaa qilgan badiiy asarlar haqida fikr va mulohazalarini bayon qilib, asarlardan parchalarni ifodali o‘qib berdilar. Shuningdek, adabiyotga oid savol-javoblar orqali ishtirokchilarning bilim va tafakkuri sinovdan o‘tkazildi. Tadbir qiziqarli va mazmunli tarzda o‘tdi. O‘quvchi-yoshlar kitobga bo‘lgan mehr va qiziqishlarini namoyon etib, faol ishtirok etdilar. Tanlov yakunida eng bilimdon va faol ishtirokchilar aniqlanib, munosib ravishda taqdirlandilar. Mazkur tanlov yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qildi.

  • 07.03.2026
  • 309