Alisher Navoiy va Zahriddin Muhammad Bobur tavallud kuni munosabati bilan SamDAQU akademik litseyida “Qilich va qalam qudrati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Alisher Navoiy — qalam va jasorat timsoli. Alisher Navoiy tavallud kuni munosabati bilan SamDAQU akademik litseyida “Qilich va qalam qudrati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida ulug‘ mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiyning hayot yo‘li, ijodiy merosi, ilm-ma’rifat va vatan ravnaqi yo‘lidagi fidoyiligi keng yoritildi. O‘quvchilar tomonidan Navoiy g‘azallari ifodali o‘qildi, sahnaviy chiqishlar namoyish etildi va ma’naviy muloqotlar tashkil etildi. Mazkur tadbir yoshlarda milliy g‘urur, kitobxonlikka muhabbat va ma’naviy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi. Navoiy merosi — abadiy, qalam qudrati esa hamisha yo‘lboshchidir!

  • 07.03.2026
  • 284