SamDAQU akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 noyabrdagi «Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-207-sonli Farmoni 1-ilova 30.1-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida yoshlar, ota-onalar hamda pedagoglar ishtirokida “Giyohvandlik va narkojinoyatlar – kelajagimizga tahdid” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbati jarayonida Yoshlar, ota-onalar hamda pedagoglarni giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlaridan ogohlikka chaqiruvchi qo‘shma murojaat mazmuni o‘qib eshittirildi va ishtirokchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Tadbir yakunida yoshlar sog‘lom turmush tarziga qat’iy amal qilish, har qanday zararli odatlarga “YO‘Q!” deyish, shubhali taklif va muhitlardan uzoq yurishga chaqirildi.