Davlat bayrog‘imiz – mustaqilligimizning, milliy birdamligimiz va yorqin kelajagimizning timsolidir! 18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i kuni munosabati bilan SamDAQU akademik litseyi o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida “Aziz va muqaddas ramzim – bayrog‘im!” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad yoshlarda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yanada yuksaltirish, davlat ramzlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘ldi. Tanlovda o‘quvchilar Davlat bayrog‘imiz ranglari, uning mazmun-mohiyati, yurtimiz taraqqiyoti va tinchligiga bag‘ishlangan ijodkorona asarlari bilan ishtirok etdilar. Eng ta’sirli va mazmunli rasmlar mutaxassislar tomonidan alohida e’tirof etildi.