SamDAQU akademik litseyida o‘quvchi-yoshlarning ekologik bilim va faolligini oshirish maqsadida bir qator ekologik tadbirlar tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 15 sentabrdagi 02/14-3558-son xatiga muvofiq SamDAQU akademik litseyida o‘quvchi-yoshlarning ekologik bilim va faolligini oshirish maqsadida bir qator ekologik tadbirlar tashkil etildi. O‘quvchilar atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilarni saralash va qayta ishlash, suv va energiyani tejash, hamda yashil bog‘lar yaratish kabi amaliy ishlarda faol ishtirok etishdi. Shuningdek, o‘quvchi-yoshlar tomonidan ekologik aksiyalar va ko‘chalarni tozalash tadbirlari ham tashkil etildi. Bu tadbirlar orqali yoshlarimizda tabiatga g‘amxo‘rlik, mas’uliyat va ijodiy yondashuv hissi yanada kuchaydi. Akademik litseyimizda ekologik tadbirlarni tashkil etish — o‘quvchilarni amaliy faoliyatga jalb qilish va barqaror rivojlanishga hissa qo‘shishda muhim qadam bo‘ldi.

  • 15.11.2025
  • 163