Joriy yilning 13 oktabr kuni SamDAQU akademik litseyi o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish, mobil telefonlardan foydalanish madaniyatini shakllantirish hamda ta’qiqlangan diniy saytlardan foydalanmaslik masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Ichki ishlar bo‘limi xodimlari ishtirok etib, yoshlarga huquqbuzarlikning oqibatlari, internet xavfsizligi va zamonaviy axborot muhitida ehtiyotkor bo‘lish zaruriyati haqida atroflicha tushuncha berishdi.Suhbat davomida o‘quvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi. Tadbir yoshlar ongida huquqiy madaniyatni oshirish, jamiyatda sog‘lom muhit yaratish va axborot makonida ongli foydalanish ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratildi.