SamDAQU akademik litseyida "O‘qituvchilar va murabbiylar kuni" munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

 SamDAQU akademik litseyida "O‘qituvchilar va murabbiylar kuni" munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda ustozlarimizga chuqur hurmat va minnatdorlik bildirildi. Tadbir jarayonida o‘quvchilar ustozlar haqida samimiy she’r va qo‘shiqlar ijro etdilar, qiziqarli sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ustozlar — bilim manbai, ma’naviyat ustuni va kelajak avlod tarbiyachisi sifatida ulug‘landi.
Barcha ustoz va murabbiylarimizni qutlug‘ bayram bilan muborakbod etamiz!

  • 06.10.2025
  • 198