Rassom uchun o‘z asarlari haqida gapirish oson emas. Rassomlik "tilsiz" san’atdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish

Rassom uchun o‘z asarlari haqida gapirish oson emas. Rassomlik "tilsiz" san’atdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi 2024 yil 15 noyabrdagi PQ-391-son qaroriga muvofiq  tashkil  etilgan II  Xalqaro  “Yosh iqtidorlar  -2025”  tanlovida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti akademik litseyining Aniq fanlar -3 (Dizayn) yo‘nalishi 205 –guruh o‘quvchisi Ernazarova Shaxlo Sherbek qizi Tasviriy san'at (rangtasvir) Floristik janri bo‘yicha ishtirok etib faxrli 2-o‘rinni egalladi va «Yosh iqtidorlar-2025» II-Xalqaro ko‘rik tanlovi II-darajali Diplomi bilan taqdirlandi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2025 yil 2 aprel kuni tasdiqlangan “Akademik litseylar va kasbiy ta’lim muassasalarida 2025 yilning aprel-iyun oylari davomida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo‘nalishida amalga oshiriladigan vazifalar bo‘yicha kalendar ish reja” ning 29-bandida futbol, basketbol, stol tennisi, shaxmat  sport turlari bo‘yicha “O‘quvchilar ligasi” sport musobaqalarini o‘tkazish;
30-bandida “O‘quvchilar kino kunlari”  doirasida taniqli kino arboblari ishtirokida ijodiy uchrashuvlar hamda “Oybek” kinofilmini namoyini tashkil etish vazifasi yuklangan.
       Ushbu vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti akademik litseyining o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida sportning “Basketbol” turi bo‘yicha “O‘quvchilar ligasi” sport musobaqasi o‘tkazildi hamda “O‘quvchilar kino kunlari” doirasida  “Oybek” filmi namoyish etildi.

  • 09.06.2025
  • 269